o‘zga
bilan ulashing
1. Qarindoshlik, tugʻishganlik va shu kabilar jihatdan aloqasi yoʻq odam; begona.
-
— Demak, Xudoyqul oʻz jigaringiz boʻlgani uchun, oʻzgalardan koʻra koʻproq ezib, uni ogʻir bir ahvolga solishga haqli ekansiz-da? — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻzgaga boqsa koʻzim, koʻr boʻlsin, oqsin gavhari, Kosasi tuproq bila toʻlsin, koʻmilgan yaxshiroq! Habibiy
2. Soʻzlovchi yoki soʻzlovchi va tinglovchidan boshqa odam.
-
Oʻzingda yoʻq — oʻzgada yoʻq. Maqol
-
Yomon oʻzini bilmas, oʻzgani koʻzga ilmas Maqol
-
Kuyov tomondan oriq, daroz, chayir bir xotin bel bogʻladi. Oʻzgalar — yosh-qari hammasi shu ikki ayolning belbogʻiga, etaklariga yopishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzingizni biling, oʻzga bilan nima ishingiz bor? Oybek, Tanlangan asarlar
3. Oʻzi yoki oʻziga mansub boʻlmagan; notanish, yot.
-
Oʻzga tilda soʻzlashmoq.
-
Odamzod bir sabab bilan oʻzga yurt, oʻzga shaharlarni ixtiyor etadi. Mirmuhsin, Meʼmor
4. chiqish kelishigidagi soʻz bilan) (Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz bildirgan shaxs yoki narsadan boshqasiga ishora qiladi; -dan boshqa.
-
Otabekdan oʻzga farzandimiz boʻlmay orzu-havasimiz, umid-hadafimiz faqat shu Otabekdir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bandamiz — taqdirga tan berishdan oʻzga ilojimiz yoʻq. N. Safarov, Olovli izlar
5. Odatdagidan boshqacha, oʻzgacha.
-
Bogʻning har burchagida oʻzga bir latofat: ariqlarda suv kumushlanadi, maysalardan uqa tutgan hovuz suv bilan emas, nur bilan toʻlgan kabi jimir-jimir mavjlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. tilshunoslik Uchinchi shaxs.
O‘ZGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar