o‘zboshimcha
bilan ulashing
1. Boshqalar bilan hisoblashmasdan, faqat oʻz erki, oʻz xohshi bilan ish tutadigan va shu tarzda amalga oshirilgan.
-
Oʻzboshimcha odam,
-
Bunga Sobirovning oʻzboshimcha harakati kelib qoʻshilgach, Berdi tatarning tutuni osmonga chiqdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Menki shu Qamish kapaning raisi ekanman, hech kim mendan bemaslahat, oʻzboshimcha ish qilmasligi kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Hech kimga boʻyin egmaydigan, axloq-odob talablariga rioya qilmaydigan; bebosh.
-
Sen uyalmay, oʻzboshimcha juvonmarg, Koʻchalarda ashula qib yuribsan. Oysuluv
-
Uning koʻz oldida Hafizasi dam aqlli, iffatli, dam bebosh, oʻzboshimcha boʻlib koʻrina boshladi. Mirmuhsin, Umid
O‘ZBOSHIMCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎЗБОШИМЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘zboshimcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar