kahrabo
bilan ulashing
1. Sariq rangli, shaffof, yaltiroq, tosh qotgan yelim; smola (ziynat buyumlari tayyorlash va imoratlarni bezashda ishlatiladi).
-
Kahrabodan yasalgan mushtuk. Kahrabo marjon. Kahrabo munchoq.
-
Kahrabo kislotasi chigit magʻzidagi moyning miqdorini ham bir protsentga koʻpaytirdi. R. Rahmonov, Kahrabo siri
-
Domla hech narsa demay, kahrabo tasbehini oʻgirib, allaqaysi bir surani pichirlay boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. koʻchma. Kahrabo rangiga oʻxshash, sargʻaygan, zaʼfaron.
-
Qishning elchisi yetib keldi. Qayerdadir xazonrez izgʻirin kezib yuribdi. Kahrabo dalalar namiqqan. A. Muxtor, Moʻjizali alanga
-
Xon juda zolim ekan, oti Xonbobo ekan, Zulm ostida bu elning yuzi kahrabo ekan. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
-
Sevgi dardidan mening ham boʻldi rangim kahrabo. E. Vohidov, Muhabbatnoma
KAHRABO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАҲРАБО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kahrabo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar