kaft
bilan ulashing
1. Qoʻlning bilak uchidan barmoqlargacha boʻlgan ichki va oyoq panjasining ostki yaxlit qismi.
-
[Tojiboy] Kaftiga ikki chimdim nos tashladi-da, ogʻzini osmonga qilib turib chekdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Qoʻlning bilak uchidan barmoqlarning oxirigacha boʻlgan qismi; panja, shapaloq.
-
Meʼmor ikki kaftini yozib, yurt qatori oʻziga ham yaxshiliklar tilab, duo oʻqib, yuziga fotiha tortdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Polvonning rapidadek keng kaftlaridan chiqqan qars-chapak koʻp kishilarning diqqatini jalb etdi. Oybek, Quyosh qoraymas
kaft soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir kaft
-
Toʻydan shu bolaga atab bir kaft shirinlik ham keltirmabsan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
bir kaft don-dun ekishga ham qurbim yetmadi Sh. Toshmatov, Erk qushi
Kaftda koʻtarmoq
-
Askar bolalarni kaftimizda koʻtarsak arziydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Sizni yumalatarmidim, ayayman. Faqat kaftimda koʻtaraman. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Terim mashinasini kaftimizda koʻtaradigan vaqt keldi. H. Nuriy.
KAFT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАФТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kaft so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar