qista
bilan ulashing
1. Biror ish-harakat qilishga zoʻr berib undamoq yoki zoʻrlamoq, hol-joniga qoʻymay iltimos qilmoq.
-
Qalandar yigit bir tilik handalakni iymanib yedi Avazning qistashiga qaramay, qaytib handalakka qoʻl urmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Uning [Sharofatning] moʻljaliga koʻra, Sidiqjon yana qasam ichishi, yur, deb qistashi, hol-joniga qoʻymasligi kerak edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Zoʻr berib shoshirmoq, qistovga olmoq, oshiqtirmoq.
-
[Oʻzbek oyim] Toʻyni tez boshlash uchun oʻgʻlini Margʻilon ketmakka qistay boshladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Anvar uning sidqidildan gapirayotganini tushundi shekilli, yana qistadi: — Kech boʻlib ketyapti, tur. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Qaytib berishni (qaytarishni) talab qilmoq.
-
Toʻyda toʻningni qistama. Maqol
-
Nokasdan qarz boʻlma — ham yoʻlda qistar, ham goʻrda. Maqol
-
Bir kuni musallas suzdim, suzmasam boʻlmas edi, Chunki amakim xumini qistadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
4. Tez yurishga undamoq, tezlamoq.
-
Hoʻkiz kallasini egib, omochni tortishga urinar, qoʻshchi hadeb qistar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ul ikki yigit sahar vaqti ot qoʻyganicha Chambil yoʻlida qistab yoʻl bosdi. Boʻtakoʻz
5. shaxs qoʻshimchali soʻzlar bilan Oʻzidan oldin kelgan soʻz bilan ifodalangan ish-harakatni bajarishga kuchli xohish yoki qaytarib boʻlmaydigan talab paydo boʻlganligini bildiradi.
-
Kulgim qistadi. Bilgisi qistadi. Soʻzlagisi qistadi. Yoʻtalgisi qistayapti. Gʻayratsizning gʻayrati ish bitganda qistaydi. Maqol
-
Jahlim qistab, tishlarim gʻijirlab ketdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Bilasizmi, koʻngling qoʻmsaganini koʻrging qistaganda koʻrolmasang juda ogʻir. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
[Qayumning] Bu harakatidan achchigʻim qistadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QISTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qista so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QISTA so‘ziga berilgan ma’nolar
qista so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar