qissa
bilan ulashing
1. ad. Asar asosida yotgan qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nisbatan kengligi, shunga muvofiq holda, syujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi bilan xarakterlanuvchi badiiy asar.
-
Avtobiografik qissa. Tarixiy qissa. Fantastik qissa.
-
Yoshlar yaratayotgan roman, qissalar, ocherk, hikoyalar aksariyatida etik isteʼdodning yorqin ifodasi bor. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
2. ad. Oʻzbek mumtoz adabiyotida voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar; hikoya, rivoyat.
-
Qissai Sayfulmuluk. Durbekning Yusuf va Zulayho qissasi.
3. so‘zlashuv tili Biror narsa, kimsa, voqea-hodisa va shu kabilar haqida ogʻizdan ogʻizga koʻchib yuradigan hikoya, naql.
-
Rahimaxonning qissasi juda uzoq. Uning murakkab va mashaqqatli yoʻli haqida katta kitob yozsa arziydi N. Safarov, Raisa
-
Qudrat maroqli boʻlgan sharq ertaklari, qissalar va latifalar aytib, soldatlarni toza kuldirdi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
qissa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qissadan hissa
-
Qissadan hissa mana: Har ishda kerak bardosh, Mehnat, chidam biriksa, Oldida mum boʻlur tosh. Q. Muhammadiy
QISSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИССА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qissa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar