qistir
bilan ulashing
1. Qismoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Qoʻltigʻiga kitob qistirmoq. Labiga papiros qistirmoq. Etagini lippasiga qistirmoq. Chakkasiga gul qistirmoq.
-
Teshaboy ota belbogʻiga qistirgan kattagina dastroʻmolni olib, terlagan yuz-betlarini artdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Oʻgʻlim, ana u behining kallagiga gazeta qistirib qoʻygan edim, shuni olib kel. A. Qahhor, Asror bobo
2. so‘zlashuv tili Qoʻliga tutqazmoq, ushlatib qoʻymoq, bermoq.
-
Domla orqaga oʻtib Saidiyning qoʻliga qogʻoz qistirdi. A. Qahhor, Sarob
-
— Yoʻq, togʻajon, olasiz, — dedi Bashirjon pulni uning kaftiga qistirishga urinib. N. Aminov, Suvarak
3. etn. Toʻy-hashamlarda oʻyinchi, hofiz va shu kabilarni ragʻbatlantirish uchun chakkasiga yoki qoʻliga pul suqib qoʻymoq.
-
Oʻyinchiga koʻplar pul qistirdi.
-
— Shuncha pul qistirishsa ham xafasan-a? — Pul almashtirilgandan keyin, tangani qanday qistirisharkin, deb oʻylab qoldim. Mushtum
4. koʻchma Biror narsaning bayoni, hikoyasi davomida nimanidir qoʻshib ketmoq, tilga olmoq.
-
Ekish mavsumi davomida yettita haydov traktorining biror kun ham iislamaganini dokladingning oʻrtarogʻiga qistirib oʻtarsan. Mushtum
-
Toʻlanboy moʻylov ikki gapning biriga yo bayt, yo boʻlmasa ibratli bir hikoyat qistirib oʻtmasa, koʻngli joyiga tushmaydi. S. Ahmad, Ufq
-
[Zokir ota:] Kamchiliklarni tanqid qilganimda, maktab masalasini ham qistirib oʻtsam boʻlar edi, lekin bu masala alohida qoʻyilganligi uchun qistirmadim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. s.t. dagʻl. Ish, oʻqish va shu kabilarga kirgizib qoʻymoq, joylamoq.
-
[Zargarov:] Iye, tagʻin nima qildim deydi-ya! Xotining oʻqiyman desa, bitta-yarimta maktabga qistirib qoʻymaysanmi-yu, yana bitta tuqqanidan keyin oʻzi tashlab ketmaydimi? A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
qistir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap (yoki soʻz) qistirmoq
-
— Oʻz-oʻzini maqtashlik — pisanda aralash gap qistirdi Izzat Mardonovich. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
— Xursand! — deb soʻz qistirib qoʻydi Musa. P. Tursun, Oʻqituvchi
QISTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИСТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qistir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar