kafil
bilan ulashing
Biror narsaga yoki biror kimsa haqida boshqalarni ishontirib, masʼuliyatni, javobgarlikni oʻz ustiga oluvchi, kafolat beruvchi shaxs.
-
Men Ergashning yaxshi doʻst boʻla olishiga kafilman. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Soʻrasangiz, Hojixon bermaganda ham, olib berishga men kafil. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
kafil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kafil boʻlmoq (yoki turmoq)
-
Hamma mol va mulki bilan qutidor Otabekka kafil boʻldi va qushbegining haqiga duo qilib, uchovlari mahkamadan birgalashib chiqishdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Kafilga bermoq
-
Volostnoy Muhammadkarim bilan Ahmad soqovni kafilga berib boʻshatinglar dedi-yu, tarvuzi qoʻltigʻidan tushgan kishiday boʻshashib koʻzdan gʻoyib boʻldi. M. Oʻrinxoʻjayev, Unutilmas kunlar
Kafilga olmoq
-
— Hoy, ana mahalla, shu joʻjabirday bolalarining haqqi-hurmati, mayli, kafilga olaylik, — dedi Obid ota. Gazetadan
Kafilini olmoq
-
Oʻsha kezlarda qurilish brigadasining kafilini olganligi uchun birinchi boʻlib bu ishga bosh qoʻshishga toʻgʻri keldi. Tanish basharalar
KAFIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАФИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kafil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar