konglomerat
bilan ulashing
1. geol. Turli tosh va tosh parchalarining loy, ohak va shu kabilar vositasi bilan bir-biriga mahkam yopishuvidan hosil boʻlgan togʻ jinsi.
-
Qadimgi delta yotqiziqlari konglomeratlar va qum qatlamlaridan iborat. P. Gʻulomov, Zarafshon etaklarida
2. Turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik qoʻshilmasidan iborat narsa; qurama.
-
Dunyoda tashqaridan soʻz qabul qilmaydigan, faqat oʻz ichki resurslari hisobiga rivojlanadigan sof til boʻlmagani singari, nuqul boʻlak tillarning lugʻatlaridan tashkil topgan qurama, antiqa konglomerat til ham yoʻq. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
KONGLOMERAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КОНГЛОМЕРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
konglomerat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar