kafedra
bilan ulashing
1. Maʼruza oʻqish, vaʼz aytish, axborot berish va shu kabilar ishlar uchun moʻljallangan baland qurilma; minbar.
-
Avaz kafedraga chiqishi bilan, hamma jimib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
2. Oliy oʻquv yurtlarida bir yoki bir necha oʻzaro yaqin fanlar boʻyicha ish olib boruvchi professorlar, oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning tashkiliy birlashmasi va shu birlashma joylashgan xona.
-
U vaqtda Xakimov kafedra mudiri boʻlib ishlardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Beshta domla oʻtirgan kafedradan Murod suv boʻlib chiqdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
KAFEDRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАФЕДРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kafedra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar