kadr
bilan ulashing
1. Kinoplyonka yoki fotoplyonkadagi alohida-alohida suratlardan biri; bitta surat, yakka rasm.
-
Kunlar kino lentasining kadrlari singari bir-biridan farqsiz, ammo hayotda yangidan-yangi manzaralar vujudga keltirib oʻtar edi. A. Qahhor, Sarob
2. Kinofilmning ayrim bir koʻrinishi, bitta epizodi.
-
Badiiy film kadrlari.
-
Mahdi dastlabki kadrni koʻrishi bilan bir toʻlgʻandi, oʻrnidan turmoqchi boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
1. Korxona, muassasa va shu kabilarning maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan xizmatchi, ishchi va xodimlari.
-
Kadr yetkazib bermoq. Kadr tayyorlamoq. Hamma narsani kadrlar hal qiladi.
-
— Bu kishi shunaqa, oʻrtoq Toʻqsonov, — deb toʻngʻilladi Tojiboy, — Ilmim bor kadrman deb, bizniyam nazarga ilmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. harb. Haqiqiy xizmatdagi komandirlar va oddiy askarlar tarkibi.
kadr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kadrlar boʻlimi
KADR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАДР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kadr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar