kajava
bilan ulashing
1. Odatda ish hayvonlariga ortib, yuk tashish uchun daraxt novdalari yoki qobigʻidan, shuningdek, maxsus yasalgan katta, keng chorqirra idish.
-
Savat kajava. Teri kajava.
-
Kelayotgan sarbozlarning biri bir qop arpa, biri bir kajava uzum, yana biri bir qop qovun koʻtarib kelardi. S. Ayniy, Doxunda
-
[Nosir:] Kajavaga yuklangan koʻzachalardagi suv ham tugabdi. Tuygʻun, Yillar va kishilar
2. Ot, xachir, fil, tuya kabi hayvonlar ustiga yoki yoniga oʻrnashtirilgan va odam olib yurish uchun moslangan oʻrindiq.
-
Tuyaga ortilgan kajava ichiga oʻtirib olib, kechasi bir oz mizgʻib olgan Zahro M. Osim, Elchilar
3. Mashina, mototsikl kabilarga tirkaladigan moslama, aravacha; kolyaska.
-
Ikromjon mototsikl kajavasiga oʻtirib oldi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
kajava soʻzi qatnashgan jumlalar:
Kajava qorin
-
Yurtimizda omi-eshon, shayx-u mashoyix, kajava qorin, toʻnka moʻyin korchalonlarimiz juda koʻp. Z. Said, Noumid shayton
KAJAVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАЖАВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kajava so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar