shchit
bilan ulashing
1. Biror zarba, oʻq, uchqun va shu kabilardan saqlanish uchun metalldan qilingan yoki biror qurolga oʻrnatilgan toʻsiq; himoya qalqoni.
-
Zambarak shchiti.
-
Ahmadjon pulemyotning qabzasini mahkam ushlagan holda, shchitning teshigidan dushmanni kuzatar, aftidan, sherigining soʻzini eshitmas edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Egniga kombinezon kiyib, qoʻliga elektrosvarka shchitini ushlab turgan [Samad akaning] yuzi menga juda tanish edi. S. Ahmad, Iqbol chiroqlari
2. tex. Gidrotexnika inshootlarida: toʻgʻonning suv oʻtkazadigan, surilib ochiladigan yoki yopiladigan temir darvozasi.
-
Energetika va avtomatika instituti xodimlari kanallardagi suv sathi va oʻtayotgan suv miqdorini, shchit va zatvorlarning holatini avtomatik aniqlovchi asboblar yaratdi. Gazetadan
3. Namoyish qilish uchun biror eksponat oʻrnatilgan yoki surat solingan katta yupqa taxta.
-
Yosh ishchilar gazeta sahifasi tasvirlangan katta shchitni koʻtarib olishgan. Gazetadan
4. maxs. Biror asbob yoki narsa oʻrnatilgan taxta.
-
Elektr schyotchigining shchiti. Ut oʻchiruvchi asboblar shchiti.
SHCHIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЧИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shchit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar