sho‘x
bilan ulashing
1. Vaqtini oʻyin bilan oʻtkazadigan, oʻyinqaroq; toʻpolonchi.
-
Ertadan kechgacha yaylov dalada tinmay oʻynab charchagan shoʻx bolalarni bir lahzada va birdan uyqu oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shoʻx bolalar koʻp, gʻildiragiga biron narsa suqib yoki oynasini olib ketsa, yoʻlda sarson boʻlib qolmaylik. S. Nurov, Narvoy
2. Oʻyin-kulgini, hazil-huzulni yaxshi koʻradigan; xushchaqchaq, quvnoq.
-
Shoʻxqiz.
-
— O, bizning yigitlar juda shoʻx boʻladi, — dedi Muharram oʻtirayotib, — bitta namunasi mana, qoshingizda turibdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Temirjon qishloq qizlarining nihoyatda shoʻx, hazil-mutoyiba gaplarga chechan boʻlishlarini koʻp eshitgan edi. J. Abdullaxonov, Oriyat
3. Oʻz qiliqlari, ishvasi, noz-karashmasi bilan kishini oʻziga maftun qiladigan; oʻynoqi.
-
Shoʻx koʻzlar.
-
Necha kundan beri koʻrsatmayin vaslin sogʻintirdi, Tarahhum aylasun, ul shoʻxi jonon bir kelib ketsun. Hamza
4. koʻchma Oʻynoqlab tez harakat qiladigan; oʻynoqi.
-
Mashina ikki tomoni zalvorli togʻlar bilan oʻralgan, ilon izi boʻlib, shoʻx oqayotgan soy boʻyida toʻxtadi. N. Fozilov, Diydor
-
Mulla Fazliddin uni shoʻx ot ustida chavandoz yigitlarday oʻtirganidan ham tanidi-yu, vujudi birdan qizib ketganday boʻldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
5. koʻchma Kishiga shodlik bagʻishlaydigan, hazil-mutoyiba aralash, joʻshqin; oʻynoqi, shoʻxchan (qoʻshiq, oʻyin, musiqa kabi-lar haqida).
-
Shoʻx kuy. Shoʻx oʻyin.
-
Bir-biridan shoʻx, bir-biridan oʻynoqi ohanglarga yosh-yalanglar raqsga tushishyapti. Gazetadan
-
Faqat oʻqtin-oʻqtin urush sovuq nafasini purkagan kunlarda shoʻx kulgilar faryod bilan almashib, dashtni zir titratadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
SHO‘X so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЎХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sho‘x so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar