chang
bilan ulashing
1. Mayda zarra, kukun holidagi tuproq yoki boshqa moddalar; gard, toʻzon.
-
Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham, dongʻi chiqmas. Maqol
-
Podadan oldin chang chiqarma. Maqol
-
Shoyon mehnatingning nishonasi bu — Qora qoshlaringga qoʻngan chang, gʻubor. A. Oripov
-
Toʻxta xola yuz-koʻziga koʻcha changi yopishayotganini ham payqamas edi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. sifatdosh Chang qoʻngan; gʻuborli.
-
[Zargarov] Xona oʻrtasida sal bukchayganicha turib, chang etigi bilan ogʻir odimlab chiqib ketgan quruvchining besoʻnaqay gavdasini horgʻin kuzatib qoldi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Arava chang qishloq yoʻlidan chiqib, katta tosh yoʻlga tushib oldi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. bot. Oʻsimliklarning erkak jinsiy hujayralari.
-
Ashir Haqqulov zargarlarga xos diqqat bilan bir gulning changini moʻychinak bilan olib, ikkinchi bir gulni changlayotgan ekan. S. Nurov, Narvoy
chang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chang bosmoq
-
Telvizor, priyomnikni chang bosib yotardi. T. Ashurov, Oq ot
Chang koʻtarmoq (yoki chiqarmoq)
Chang qoʻndirmaslik (yoki yuqtirmaslik)
-
U kiyimiga chang qoʻndirmaydi;
-
Hakimboyvachcha ilonday toʻlgʻandi u oʻzining va oila aʼzolarining ustiga chang qoʻndirishni istamas, oilasi bilan hech qanday oilani tenglashtirmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Changini chiqarmoq
-
Boqijon butun gavdasi bilan laganga tashlandi. Ota va oʻgʻil, goʻyo bahslashganday, palovning changini chiqarishdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Hasratidan chang chiqadi
-
Maxsum Qoʻchqorning musulmoni komil bandalarga koʻp ozor berayotganini gapirib, hasratidan chang chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy
1. Qutisimon trapetsiya yoki yoy shaklidagi, sim torlar tortilgan, tirnama yoki qoʻsh choʻp bilan urib chalinadigan jarang-dor cholgʻu asbobi
-
Chang — oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orasida eng koʻp torlisi hisoblanadi. Gazetadan
2. Labga qoʻyib, poʻlat tilini barmoq bilan turtib, nafas bilan chalinadigan kichik cholgʻu asbobi; changovuz.
3. s. t. ayn. Zil III.
Panja; changal.
-
Qochib qutulgan-man (qutulgan bilan) qayda borasan, Axiri changimda sen ham oʻlasan. Malikayi ayyor
chang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chang solmoq
-
— Basharang qursin! — Saida birdan yuzimga chang soldi. Yoshlik
-
Bilmayman, qaysi kun, qaysi damdadir Mening qismatimga chang soldi sayyod. A. Oripov
CHANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar