changal
bilan ulashing
1. Panja, chang.
-
Burgut changali. Ayiq changali.
-
Birdan Poshsha xola changalini yozib, Yigitaliga qaradi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Koʻchma Iskanja.
-
U dadasini hech qachon bunchalik gʻam va iztirob changalida koʻrmagan edi. Sharq yulduzi
3. Siqimga sigʻarli narsa, bir siqim.
-
Yogʻochga qistirib qoʻyilgan isiriqdan bir changal solib chiqdi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
changal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pul boʻlsa, changalda shoʻrva
Changal solmoq
-
Lekin Toʻravoy [dushman oʻqiga] burgutdek chap berdi va bir sakrab, uning boʻgʻziga changal soldi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Ha, leytenant, urush hammaning baxtiga changal soldi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
Oʻlim changali
-
Meni oʻlim changalidan sugʻurib olgan ofitserning kim ekanligini soʻrab bilib olmaganligim uchun oʻzimni kechira olmayman. N. Safarov, Olovli izlar
1. Tikanli butalar, oʻsimliklar.
-
Yantoq yogʻ oʻrnini bosmas, Changal — bogʻ. Maqol
-
Ular chapga burilib, oʻt bosgan katta ariqdan yigirma-oʻttiz qadam yurgach, toʻp-toʻp changal boshlandi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. aynan Changalzor.
-
[Yoʻlbars] Mangu qochar, qochar togʻlardan, Oʻrmonlardan, changal, toʻqaydan. Sh, Rahmon
CHANGAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАНГАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
changal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar