changalla
bilan ulashing
1. Besh panja bilan, tirnoqlarni ishga solib, siqib ushlamoq, qoʻl bilan mahkam siqimlamoq.
-
Burgut qushni changalladi.
-
Bu mung shu qadar ogʻir ediki, Mirvali ikki panjasi bilan koʻk-ragini changallab turib, bir oh urdi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Yigitalining oyogʻidan kuch ketdi. Lekin bilak tomirlari boʻrtib, sim arqonni mahkam changallab oldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. koʻchma Kuchli xuruj bilan tutmoq, siqmoq (dard, ogʻriq haqida).
-
Azimiy shu xilda vatanparvarlik qilib oʻtirib, birdan korni changallab ogʻrib qoldi. Mushtum
changalla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yer changallamoq
-
[Sultonov] Ich-ichidan xoʻrligi kelib, yer changallab qoldi. M. Mansurov, Yombi
CHANGALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАНГАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
changalla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar