tizil
bilan ulashing
1. Tizmoq 1 feʼlining majhul nisbati.
-
Marvarid donalari ipga tizildi. Tokchalarga tizilgan olma, anorlar.
-
Endi otishmalar yaqqol eshitilibgina qolmay, yon-verimizga oʻq yogʻilar, iz qoldiruvchi oʻqlar marjondek tizilib uchardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Sahna oldiga tizilgan skameykalarni turli tashkilot va maktablardan kelgan vakillar va boshqa mehmonlar toʻldirgan. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Tizmoq 2 feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Soldatlar safga tizildi. Qaldirgʻochlar elektr simiga tizilib oʻtirishibdi.
-
Mayin esayotgan shamol uning [Saodatning] betidan marvarid donalari singari tizilib yotgan terlarni yalab ketdi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Yoʻlda, terakzorda mashinalar, mototsikllar, otlar, velosipedlar tizilibdi. H. Gʻulom Senga intilaman
3. koʻchma Birin-ketin gavdalanmoq, koʻrinmoq, qatorlashib oʻtmoq.
-
Kambagʻal eri bilan koʻrgan kunlar, besh bola bilan beva qolib tortgan azob-uqubatlari koʻz oʻngidan bir-bir tizilib oʻtdi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
4. sheva Tomoq yoki ichakdan tiqilib oʻtmoq, toʻxtab qolganday tuyulmoq.
-
Haligi ovqat koʻkragimda tizilib turibdi.
-
Sensiz oʻtmas, hatto suv ham tizilar! Kulib goho, nazar solmasang boʻlmas! S. Abdulla, Tohir va Zuhra
tizil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzda(n) yoshi tizildi
-
Yolgʻizligim sezildi, Koʻzda yoshim tizildi, Yurak-bagʻrim ezildi, Kelmaysanmi, Xadicham. Qoʻshiqlar
TIZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tizil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar