tizim
bilan ulashing
1. Ip, sim va shu kabilarga terilgan narsa; shoda.
-
Bir tizim marvarid. Bir tizim marjon. Bir tizim pomidor qoqi. Bir tizim qalampir.
-
Biz ishni choʻzmaslik uchun har quvurni alohida emas, ikki-uchtasini bir tizim qilib burab olar edik. P. Qodirov, Erk
2. Bir soha, muassasa va shu kabilarga oid yoʻnalish, ish-faoliyat kabilar majmui.
-
Bank tizimi. Xalq taʼlimi tizimi. Xavfsizlik tizimi.
-
Mehnat vazirligi tizimida ishlayotganingizga ham ancha boʻlibdi. Tizim va uning joylardagi boʻlimlarida xo-tin-qizlarning faoliyati qanday? — Tizimimizda ishlayotgan xotin-qizlarning olib borayotgan ishlari yaxshi. Mehnat
-
Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy munosabatlarida muhim oʻrin egallagan tashqi savdo tizimidagi tub oʻzgarishlar sust amalga oshirilmoqda. Fan va turmush
3. Oʻzaro bogʻliq va uzviy tartibda boʻlgan narsa, hodisalar birligi, majmui.
-
Barcha boʻgʻindagi davlat idoralari faoliyatining huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladigan qonunlar tizimini barpo etish lozim. Gazetadan
4. Oʻzaro bogʻliq qismlardan tashkil toptan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va boshqalar jihatdan tuzilish shakli.
-
Ular, bizga maʼlum sabablarga koʻra, Markaz deb ataluvchi eski tizimdan nihoyatda bezillab qolishgan. Gazetadan
-
Jumhuriyatlarda bugun mutlaqo bir-biriga oʻxshamaydigan turli xil ijtimoiy-siyosiy tizimlar vujudga kelmoqda. Gazetadan
5. Biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va tartib-qoidalari majmui.
-
Baholashning reyting tizimiga oʻtildi. Maʼrifat
-
mehnat unum-dorligini taʼminlovchi omillarning muntazam tizimini yaratish tarafdorimiz. Gazetadan
TIZIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЗИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tizim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar