tizza
bilan ulashing
1. anat. Oyoqning bukiladigan, boddir bilan son qoʻshiladigan joyi.
-
Hayot kelinchaklarcha, bir oyogʻini yigʻishtirib, ikkinchi oyogʻini tizzasidan bukib oʻtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mana, mast holda Tojiboy toʻppa-toʻgʻri Gulsumning eshigiga keldi-da, zanjiri ilinmagan eshikni tizza bilan bir itarib, toʻgʻri ichkariga kirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Ishton, shim va shu kabilar kiyimlarning tizni qoplab turadigan, tizzaga toʻgʻri keladigan qismi.
-
Ishtoni yoʻq tizzasi yirtiqqa kular. Maqol
-
Tizzalari titilib ketgan eski tirinka shimining pochalaridan suv sirqib oqar chit koʻylagi shalabbo boʻlib, badan-badanlariga yopishib qolgan edi. N. Fozilov, Diydor
-
Ha, mulla Gʻulom, tizzalaringiz tuproq, namozni yerda oʻqidingizmi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Oyoqning tizdan dumbagacha boʻlgan qis-mi (oʻtirgan holatda).
-
Yoʻlchi oʻtirgach, Shokir otaning yetim nabiralarini tizzasiga olib, oʻpib, uzumdan ikki boshini ularning qoʻliga tutqazdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Zulfiqor ustodga yaqin oʻtirib, qoʻynidan keng va qalingina daftarni olib, tizzasiga qoʻydi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Saodatxonning igna ushlagan qoʻllari beixtiyor tizzasi ustiga tushdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
tizza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tizza choʻkmoq
-
Tizza choʻkib oʻtirmoq.
-
Tizza choʻkib tashrif etdilar Oʻyinga shoʻx raqqosa qizlar. E. Rahim
TIZZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЗЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tizza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar