tig‘
bilan ulashing
1. Qilich, xanjar, pichoq, nayza kabi sovuq qurollarning umumiy nomi.
-
Tigʻ yarasi tuzalar, til yarasi tuzalmas. Maqol
-
Ammo tigʻ tegib, qoʻl yoki oyogʻi uzilganlar oh-voh urib, madad kutib yotardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ernazar jallod, Sheralini siyosat bilan yiqitdi va poʻlat tigʻini qinidan tortdi. Erali va Sherali
2. Kesuvchi asbob, qurol-yarogʻ va shu kabilarning keskir qirrasi, dami; turli mashina, mexanizm va shu kabilarning keskich qismi.
-
Boltaning tigʻi. Qilichning tigʻi.
-
Ketmon tigʻini qayiradigan tosh-metin eski paxsalarni qizlar necha chaqirim yerdan tashib kelib, dalaga toʻkishdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Qaynarning boʻydor oʻtlari kosilkalarning beomon tigʻlari zarbidan yuztuban yiqilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Nishtar, nayza kabi asboblarning oʻtkir uchi, nayzasi.
4. so‘zlashuv tili Stvol, mil.
-
Qoʻsh tigʻ miltiq.
-
Vagondan eng keyin tushgan va miltigʻini tigʻidan ushlab, ketmonday yelkasiga qoʻyib kelayotgan Ahmadjon A. Qahhor, Oltin yulduz
5. koʻchma Umuman, tigʻ, nayza kabi taʼsir oʻtkazuvchi narsa, kuch.
-
Zulm tigʻi. Jabr tigʻi.
-
Ilm-u fan tigʻi birlan jahl bagʻrini qon sil. Hamza
-
Uchchiga chiqqan maʼmuriyatchi degan sarlavha ostidagi maqolaning oʻtkir tigʻi Oyqizga qaratilgan boʻlsa ham Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
tig‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tigʻ tegizmoq (yoki urmoq)
-
Tepa shoxga aslo tigʻ tegiza koʻrmanglar. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
Tigʻ koʻtarmoq
-
Taqsir, uzr, fuqarochilik, adolatsizlikka qarshi yana tigʻ koʻtarishga toʻgʻri keldi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
Tigʻ urmoq (yoki tortmoq)
-
Tigʻ urib yaralamoq.
-
Qaysi farzand otasiga tigʻ tortar. Rustamxon
(Dami) tigʻdan oʻtkazmoq
-
Podshoh: — Hech kim menga shu sirni oshkor qilmasa, shahar xalqini dami tigʻdan oʻtkazib, tuproq bilan barobar qilaman, — debdi. Ertaklar
-
Yaqinda Ali uyqudan turadi, zulfiqorini koʻtarib, dindan chiqqan bandalarni tigʻdan oʻtkazadi, dedilar. S. Ahmad, Hukm
Quyosh (yoki kun, saraton) tigʻi
-
Kun tigʻida yonib-oʻchib Koʻrinadi ketmonlar. T. Toʻla;
-
Kunlarning birida, saratonning tigʻida bogʻbonning etlari uvushibdi, tomogʻi qurishibdi. Yo. Shukurov, Uch savol
Quyosh (yoki kun, tong) tigʻ urdi (yoki tortdi, yoydi, yordi)
-
Kun tigʻ urib qolgan edi. Oʻrtalik allaqachon yorishgan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Kun tigʻ tortib, daryoning u tomonidagi adirlarning sirti toʻq yashil, jilgʻalari qora tusga kirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Sharq osmonining tepasida tong tigʻ ura boshlagan boʻlsa ham, devorlar, daraxtlar ichiga koʻmilgan shahar hali ancha qorongʻi edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Chosh-goh mahalida quyosh bulutlar orasidan tigʻ yorib chiqdi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
Qoʻlga tigʻ olmoq
-
Urushni boshlagan men emas, sensan, endi jazosini tortasan oʻzing, Koʻlga tigʻ olishga majbur etgan sen. Endi shu tigʻ bilan oʻyilar koʻzing. Uygʻun
TIG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tig‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar