tig‘iz
bilan ulashing
1. Bir-biriga juda yaqin joylashgan; oraligʻi qisqa; zich, qalin.
-
Tigʻiz daraxtlar. Zalda odam tigʻiz. Tigʻiz oʻtqazilgan koʻchatlar.
-
Endi ular ancha zich-tigʻiz qatorlar bilan ilgarilardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Tutqun sasni topolmadim Tigʻiz oʻrmonlarda ham. M. Shayxzoda
-
Majnuntol barglari orasidan sirqib tushayotgan yomgʻir tomchilari qizning payvasta qoshlariga, tigʻiz kipriklariga teggan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Muayyan ish (ishlar) uchun vaqtning kamligi, qisqaligi; ziq.
-
Kuzakdagi barakali xirmon shu tigʻiz kunlardagi ishning unumi va sifatiga bogʻliq.
-
— Vaqt tigʻiz. Hali bilet ham olganim yoʻq,— dedi Mahmud. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
-
Agar mehmonning vaqti tigʻiz boʻlsa, har bir uydan bir narsa olib chiqilib, dasturxonga qoʻyib chiqiladi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
3. Bajarilishi lozim boʻlgan ishlar koʻp va u tez suratda, uzluksiz bajarilishi lozim boʻlgan holat; shoshilinch, oshigʻich, qistalang.
-
Anhorda ikki objuvoz va ikki tegirmon ishlab turadi Shunga qaramay, ish tigʻiz. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Dalada ishning tigʻiz vaqti oʻtgani uchun mardikorlarga bundan bir necha kun ilgari javob berilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
TIG‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tig‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar