tish
bilan ulashing
1. anat. Ovqat yeyish, tishlash, chaynash, tutib turish uchun xizmat qiladigan aʼzo.
-
Kurak tish. Oziq tish. Fil tishi. Tilla tish. Tish choʻtkasi. Tish pastasi. Tish doktori. Tish tozalamoq. Tish qoʻymoq, Tishni sugʻurmoq (olmoq).
-
Juvon yelkasi osha Sidiqjonga qarab, oppoq, marjondek tizilgan tishlarini yarqiratib iljaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Qurol, asbob, mashina qismlari va shu kabilarning (tishga oʻxshash) oʻtkir, uchli qismi.
-
Arraning tishi. Qirgʻichning tishi. Taroqning tishlari. Omochning tishi,
-
Avvalgi yillarda ham traktor ishlardi, bolalar tushmagur tishini sayoz botirishardi, hozir unaqasi yoʻq. S. Mahkamov, Katta rulda
-
Tosh omochning tishi shakliga kirganda, polvon koʻrib maʼqulladi A. Qahhor, Koʻr koʻzning ochilishi
-
Ammo chigʻiriq oʻqining tishi chigitni chaynagan choqda ishchilarning aylan-tirishga kuchi yetmas va quloqni chappa aylantirib, qaytadan oldin bosishga majbur boʻlar edilar. S. Ayniy, Qullar
tish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tish yormoq
-
Bu toʻgʻrida qoʻshnimizga tish yorgan edim, u: — Bitta-yarimtasining tomogʻini moylamabsiz-da, — dedi. Mushtum
-
Taransevning allaqayoqqa bosh olib ketganidan xabardor boʻlsa ham, birovga tish yormadi. Mushtum
Tishi chiqmoq
-
kechagina shinel kiygan Chernetsov, harbiyda tishi chiqib, har-biyda balogʻatga yetgan kapitanga taktikadan dars bermoqchi, deb oʻyladi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Olgʻirlik bilan tishim chiqdi, behuda gaplar bilan tilim burro boʻldi. Mushtum
Tishi oʻtmoq
-
Gazeta yoki kitob oʻqiganida, ayniqsa, texnikaga oid broshyuralarni oʻqiganida, baʼzilariga tushunmayapti, oʻzining taʼbiri bilan aytganda, tishi oʻtmay qolyapti. R. Rahmonov, Tinib-tinchimas
Tishida (yoki tishining kavagida yoxud orasida) saqlamoq
-
Lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Ma, ol. Biror kuningga yarab qolar, tishimning orasida saqlab yurgandim. Mushtum
-
Afandining tish kavagida asrab yurgan yuz tanga puli bor edi. Latifalar
Tishini tishiga qoʻymoq
-
Nojoʻya gaplarni boshingizdan chiqarib tash-lang, akasi jonidan, unaqa vaqtlar oʻtib ketgan, tishni tishga qoʻying-da, dam boʻling, bosti-bosti qilib yuboramiz. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Tagʻin ham farzand ekan. Tishimni tishimga qoʻyib kuzatdim. Mushtum
Tishini qayramoq
-
Yoʻlchi tishini qayrab, boyvachchaning koʻkragiga bir musht tushirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tishingni qayrab tur, uka, sal qoʻl boʻshasin, katta toʻy qilib beraman. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Tishining oqini koʻrsatmoq
-
Shunday tabarruk odamga qaysi betim bilan tishimning oqini koʻrsataman? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Tish-tirnogʻi bilan
-
Tish-tirnogʻim bilan shu yerda, shu bolalarning sevgan oʻqituvchisi boʻlib qolishga tirishaman. P. Tursun, Oʻqituvchi
so‘zlashuv tili Tash, sirt, tashqari.
-
Mol olasi tishida, odam olasi ichida. Maqol
-
Oʻzi tishdan yaltirab koʻrinsa ham, ichki jihatdan surbet bir kimsaga oʻxshab qoldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
TISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar