tishla
bilan ulashing
1. Tishlari orasiga olib, bir qismini uzib, ajratib olmoq.
-
Juvon qoʻlidagi olmani ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. A. Qahhor, Ming bir jon
-
Eʼzozxon suvi qochgan nonni tishlab, chaynay boshladi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Tishlari orasiga olib qismoq, tishlari bilan tutmoq, tishida ushlamoq.
-
Mushuk bolasini tishlab, hovliga olib chiqdi.
-
Mirzakarimboy soʻzni nimadan boshlashni bilmay, soqolining uchini tishlab dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Joʻra] Qamchini tishlagan holda, otga mindi. H. Shams, Dushman
3. Tishlarini botirib jarohatlamoq, qopmoq.
-
Uni it tishlab oldi. Bu ot tishlamaydi.
-
Tilini tishlab olgan odam tishini sugʻurib tashlamaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ot jonivor, oldidan kelganni tishlab, orqadan kelganni tepibdi. Ertaklar
4. koʻchma Qattiq gap bilan ozor bermoq, achitib gapirmoq, chaqib olmoq.
-
Maston kam-pir nevarasining yigʻlab turib qilgan zoriga qaramay, yana tishlab-tishlab olmoqchi boʻldi, lekin shaytonga hay berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
tishla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barmogʻini tishlamoq
-
Shunday hiyla bilan berardimki \zaharni\, tabiblar barmogʻini tishlab qolgan bulardi Oybek, Tanlangan asarlar
Burnini tishlamoq
-
Alam qilsa, burningni tishla. ™
-
Endi uyga qaytish yoʻq. Mirzakarimboy burnini tishlab qolsin. Oybek, Tanlangan asarlar
Yer tishlamoq
-
Fashist., yo qansharidan oʻq yeb, yer tishlaydi, yo evini qilsa, roʻpara kelgan teshikka oʻzini uradi. A. Qahhor, Asarlar
Mum tishlamoq
-
Eshpoʻlatov lom-lim demadi, deb biz ham mum tishlab keta bersakmikin Mushtum
Oldidan kelsa tishlaydi, ketidan kelsa tepadi
-
Mulla Norqoʻzi oʻsha gapni hazillashib aytganini arz qilish uchun oldidan kelsa tishlar, ketidan kelsa tepar edi A. Qahhor, Asarlar
Tilini tishlamoq
-
Ogʻzingni yum, tilingni tishla, Adolat, urushga borganlarning hammasi ham halok boʻlavermaydi I. Rahim, Chin muhabbat
Tishida tishlab
-
Ikki-uch yoshida onadan yetim qoladi. Otasi uni tishida tishlab katta qiladi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
topgan-tutganini tishida tishlab saqladi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Qulogʻidan tishlamoq
-
Sen uning qulogʻini tishlagansan, nomard. U. Ismoilov, Saylanma
-
Yoshligimizda bir-birimizni yaxshi koʻrishib yurardik, qoʻshni edik, qulogʻini tishlab ham qoʻygan edim, — dedi Botirali. Sh. Rizo, Qor yogʻdi, izlar bosildi
TISHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tishla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar