tizgin
bilan ulashing
1. Ot, eshak va boshqalar hayvonlarni bogʻlash yoki qantarib qoʻyish uchun xizmat qiladigan, uchi suvluqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki chizimcha.
-
Sherbek egardan sakrab tushdi. Otning tizginini panjaraga bogʻlab, choʻchqaxonaga qarab yurdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. so‘zlashuv tili Jilov.
-
Ovchilar xiyla ilgarilab ketdi. Juvon tizginni sal boʻshatgan edi toy birdaniga koʻtarilib ketdi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Rais otidan tushib, tizginni bilagiga soldi-da, ariqdan yuzini yuvdi. H. Nuʼmon, Fasllar
3. koʻchma Boshqarish vositasi, boshqaruv.
-
Yoshlarda hayo yoʻq. Yoʻq, ayb onasida, tizginini boʻsh qoʻydi. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
-
Oʻrta Osiyodagi irrigatsiya inshootlarining tizgini uning qoʻlida. A. Abduqodirov, Boʻzsuvdan Sirdaryogacha
-
Tabiatimni lanj qilgan baʼzi nuqsonlarni hisoblamasam, men safarimdan xursandman, — suhbat tizginini oʻz qoʻliga oldi afandi. Mushtum
TIZGIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЗГИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tizgin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar