tiz
bilan ulashing
1. Ip, sim va shu kabilar narsalarga oʻtkazib shodalamoq; termoq.
-
Marvarid donalarini ipga tizmoq. Marjon tizmoq. Goʻsht burdalarini sixga tizmoq.
-
Katta-katta munchoqdan tizib, tasbeh qilib beribdi Oltin olma
2. so‘zlashuv tili Kimsa yoki narsalarni yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, termoq, saf yoki qator qilmoq; saflamoq, qatorlamoq.
-
Soldatlarni safga tizmoq. Tokchalarga anor, olma, behilar qator-qator tizib tashlangan.
-
Traktor parkidagi barcha agregat va mexanizmlar sifatli sozlanib, start chizigʻiga tizib qoʻyilgan. Gazetadan
3. koʻchma Biri ketidan boshqasini, birin-ketin, uzluksiz keltirmoq, qatorlashtirmoq, qalashtirib tashlamoq.
-
Maʼruzachi quruq raqamlarni tizdi.
-
Qulay payt kelsa, [Elmurod] ilhomi qaynab, qizning koʻzlariga tikilganicha, gaplarni tizib tashlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mehnatning taʼrifini yozgan kitoblar, Mardlar nomin harfma-harf tizgan kitoblar. M. Shayxzoda
TIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar