tiyrak
bilan ulashing
1. Bir yerda tinch turmaydigan, gʻayrati ichiga sigʻmaydigan; serharakat (asosan yoshlarga nisbatan qoʻllanadi).
-
Tiyrak bir bola armiyadan kecha qaytgan mezbonning yoniga oʻtirib, medalni havas bilan tomosha qila boshladi. N. Safarov, Toshga bitilgan xat
2. Bardam, tetik, baquvvat.
-
Saksonlardan oʻtgan, lekin tiyrak chol.
3. Ziyrak, hushyor.
-
Otasi oʻylanib qoldi: har narsani bilishga qiziquvchan, tiyrak qizimga nima desam ekan ? Y. Muqimov, Ipak tolasi
-
Sochlari duv oqargan, ammo koʻz qarashlari tiyrak doktor opa har kuni Sherzoddan qandoq ovqatlanganini soʻraydi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
tiyrak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tiyrak tortmoq
-
Baxmaldek yumshoq, chinni ovozidek jarangdor bu kulgidan alla-nechuk jonlanib, tiyrak tortadi. N. Nor-qobilov, Bekatdagi oq uycha
TIYRAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИЙРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiyrak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar