sokin
bilan ulashing
1. sifatdosh Sukunatga choʻmgan, jimjit.
-
Oydin oqshomlarda qishloqning sokin koʻchalarida Mansur bilan jimgina kezishlarning ham ajib bir gashti bor edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kafe sokin va tinch, odam siyrak, atrof katta daraxtlar bilan oʻralgan. F. Musajonov, Himmat
-
Qiz hamon qoʻngʻiroqdek kular, sokin bugʻuning shodon qahqahasi bilan toʻlgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. sifatdosh Harakatsiz, tinch.
-
Dengiz sokin. Mening koʻnglim Boʻron tilab turibdi X. Davron, Qaqnus
-
Kuzak shamollari esdilar yana, Sokin yuragimda tuygʻular qoʻzgʻab. A. Oripov, Hayrat
-
Oppoq bulut izgʻir sarosar, Oppoq bulut sokin osmonda. R. Parfi, Koʻzlar
3. sifatdosh Past, bosiq (ovoz haqida).
-
Yodgor gʻuvullab ketayotgan boshini bazoʻr koʻtarib qaradi: Mahmuda Aliyevna hamon oʻsha sokin ovozda gapirar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Nim shabadada azim chinorning sirli bagʻridan chiqib kelgan sokin va qudratli shovullash olamni tutdi. A. Muxtor, Asarlar
4. ravish Asta-sekin, bir maromda.
-
Tiniq moviy osmonda parcha-parcha oq, pushtirang bulutlar sokin suzadi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
Nomiga yarasha qoramtir suv sokin, viqorli oqadi, tollarning yoʻgʻon qizgʻish ildizlarini yuvadi. H. Gʻulom, Binafsha atri
5. ravish Xotirjam, osoyishta.
-
Saroy vaziri podsho huzurida oʻzini sokin va betakalluf tutgan hakimni birinchi marotaba koʻrishi edi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Temirjonning boqishlari sokin, qomati ham xuddi tabiatiga mos tushganday nozikkina. J. Abdullaxonov, Oriyat
SOKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sokin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar