sohib
bilan ulashing
1. Egalik qiluvchi; ega.
-
Uy sohibi.
-
Orol dengizining janubidagi shu bepoyon choʻllarning sohibi boʻlgan koʻchmanchi massagetlar kelin kutmoqda. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Quvurlarni almashtirib olishdan xonadon sohiblari voz kechdilar. Gazetadan
2. Biror ilm-hunar yoki xislat, fazilatni egallagan.
-
[Qozi:] Yana oʻzingiz sohibi aqlsiz. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Shu tarz-da bu serqirra faoliyat sohibining merosi sheʼrlar, doston va manzumalar, hikoya va povestlar, ocherk va publitsistik asarlardan iboratdir. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
3. Sohib (erkaklar ismi).
sohib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sohibi davlat
Sohibi toj
Sohib(i) karomat
-
Odamlar Sulton devonani otashnafas vali deb maqtashar edi. Oʻsha nodon, aldangan kishilarning maqtab yurgan sohibi karomati, bir aljillab oʻtirgan bangi ekan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
Qalam sohibi yoki sohib qalam
-
Seni yaxshi taniyman-ku! Sen — sohib qalam, sen — shoirsan. A. Oripov
SOHIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОҲИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sohib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar