stol
bilan ulashing
1. Dasturxon tuzash yoki ishlash uchun moʻljallangan, tirgak yoki oyoqlarga oʻrnatilgan keng gorizontal yogʻoch baland kursi; mebel turi.
-
Toʻgarak stol. Tortmali stol. Yozuv stoli. Ovqat stoli. Operatsiya stoli.
-
[Abdulla Qahhor] Har kuni muayyan vaqtda yozuv stolida oʻtirishlari shart edi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
-
Lobarxon katta uydagi stolga dasturxon tuzab choynakdagi choyni qaytarib turardi. Gazetadan
-
Juvon bir kosa xushboʻy va xushtaʼm ovqatni stolga qoʻyib, sekin nari ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. koʻchma s. t. Amal, lavozim.
-
[Zargarov:] Nimadan man tortaman! Olsa, stolini oladi-da, artelimga borib, yana raisligimni qilaveraman. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
3. Maxsus ishlar bilan shugʻullanuvchi muassasa yoki muassasadagi bir boʻlim.
-
Pasport stoli. Adres stoli.
STOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
stol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar