strategik
bilan ulashing
1. Strategiyaga oid, strategiya bilan bogʻliq.
-
Strategik reja.
2. Harbiy ahamiyatga, urushning umumiy maqsadi nuqtayi nazaridan ahamiyatga molik boʻlgan.
-
Strategik xomashyo. Strategik qurilishlar.
-
Bu tepalikdan turib, daryo koʻpriklarini kuzatib turish, oʻqqa tutish mumkin. Bu jihatdan 119-tepalik — juda-juda muhim strategik obyekt. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Mustaqil harakat qiladigan yirik harbiy boʻlinmalarga yoki butun armiyaga oid.
-
Strategik front. Strategik aviatsiya. Strategik razvedka.
4. koʻchma Biror-bir ish-faoliyatni, jarayonni tayyorlash va amalga oshirish uchun muhim boʻlgan umumiy yoki asosiy yoʻl-yoʻriqlarni qamrab olgan.
-
1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz — soʻmning muomalaga kiritilishi bilan mamlakatimiz eng katta iqtisodiy strategik qadam qoʻydi. Gazetadan
STRATEGIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТРАТЕГИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
strategik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar