strelka
bilan ulashing
1. Turli oʻlchov va nazorat asboblarida: oʻz oʻqi atrofida aylanib, oʻlchanayotgan narsa miqdorini koʻrsatuvchi ingichka uchli, kambar nayza.
-
Soat strelkasi. Manometr strelkasi.
-
Ochilning hislari harakatdagi poʻlatlar orasiga tushib qolgan magnit strelkasiday titrab, u yoqadan bu yoqqa borib kelar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
[Haydovchi] Gazni shunday qattiq bosdiki, koʻz ochib-yumguncha spidometr strelkasi “100“ dan oʻtib, 120 ga yaqinlashib qoldi. J. Abdullaxonov, Xonadon
2. Shu shakldagi chiziq yoki belgi.
-
Yoʻl koʻrsatuvchi strelka,
-
Xaritaning har xil joylariga rangdor qalamlar bilan belgilar, strelkalar, raqamlar qoʻyilgan edi. M. Muhamedov, Oderga
3. t. y. Temir yoʻllarda bir izni ikkinchi izga ulash, harakatdagi sostavni bir yoʻldan ikkinchi yoʻlga oʻtkazish uchun xizmat qiladigan moslama.
-
Tramvay strelkasi. Strelkani bir izdan ikkinchi izga oʻtkazmoq.
STRELKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СТРЕЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
strelka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar