bekorchi
bilan ulashing
1. Ishsiz, bekor yuruvchi, qoʻli boʻsh.
-
Bekorchidan bezib qoch, Chaqimchidan — koʻchib. Maqol
-
Qayoqqa qarasang, kambagʻal, bekorchi, nota zor odamlarni koʻrasan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oshxonada mudir edi — boʻshatishdi, hozir uyda, bekorchi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Foydalanilmay, ishlatilmay yotgan; ortiqcha; keraksiz.
-
Menda bekorchi pul yoʻq. Bekorchi qogʻoz.
3. Asos-haqiqati yoʻq; shunchaki, shunchaki aytilgan.
-
Bekorchi hazil chinga aylanib ketdi, axir. Askiya
bekorchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bekorchi gap
-
Bekorchi gaplarni qoʻying, kasal boʻlmasangiz, nega keldingiz? A. Muxtor, Chinor
BEKORCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКОРЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bekorchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar