bekorga
bilan ulashing
1. Hech qanday naf-foydasi boʻlmagani holda; befoyda, behuda.
-
Muharrir bir yarim soat bekorga oʻtgan vaqtga achinib, bizga quloq berdi. A. Qahhor, Bek
-
Odamlar bekorga ovora boʻlmasin deyman-da. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Tanlangan asarlar, muqaddas qurbonlar bekorga ketmadi. N. Safarov, Olovli izlar
2. Arzirli sabab, asos boʻlmagani holda; boʻlar-boʻlmasga, vaj-sababsiz; oʻrinsiz.
-
Aniqroq qilib ayting, Musa aka, Boʻtaboy bekorga yomon otli boʻlib qolmasin. S. Ahmad, Hukm
-
Bekorga yigʻlaysan, Raʼno! Yigʻidan bir foyda chiqqanini eshitganmisan yoki meni ham yigʻlatmoqchimisan? A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Chumchuq soʻysa ham, qassob soʻysin, deb bekorga aytmaganlar. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Pul yoki haq olmay, toʻlamay, tekinga; bepul.
-
— Yukni bekorga tashiymizmi, qovurgʻamiz sinay dedi! — qichqirishdi boshqalar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bekorga ham olmaydi hech kim bu eshagingizni. Latifalar
BEKORGA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕКОРГА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bekorga so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar