bela
bilan ulashing
Chaqaloqni beshikka yotqizib, qoʻlbogʻ, oyoqbogʻ bilan bogʻlamoq.
-
Salima oʻz bolasini beshikka beladi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Jubaroy qizchasini beshikka beladi-da, oshga unnab ketdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
1. Yuqadigan narsalarga (un, tuproq, boʻyoq singari) botirib, qorishtirib yoki bulgʻab, hamma yogʻini shu narsa bilan qoplamoq; bulamoq, chapimoq.
-
Tuproqqa belamoq. Qonga belamoq.
-
Butun Oltinsoyga mazax boʻlganingni bilasanmi? Or-nomusimizni loyga belading, dogʻi oʻlguncha ketmaydigan boʻldi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Endi eshikdan bir qadam nari jilsang, pichoqni toʻrt joyingga ura-man-u, taningni qoningga belayman. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma s.t. Boshdan-oyoq oʻramoq, kiyintirmoq; qoplamoq.
-
Shoyiga belamoq.
-
— Voy, ovsar, — dedi entikib. — Men seni zarga belab qoʻyaman, bildingmi? Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Man noshud bolalarni och, sizni kir-chirga belab qoʻyib, oʻzim oltin-zar taqib yuribman. S. Nurov, Narvoy
-
Quyosh yerni nurga belamay, Erkak ketdi janggohga tomon. X. Davron, Qaqnus
BELA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bela so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar