belbog‘
bilan ulashing
1. Belga bogʻlanadigan, toʻrt-burchak roʻmol shaklidagi gulli yoki gulsiz, chetlari tikilgan mato parchasi; qiyiq, qiyiqcha.
-
Shohi belbogʻ.
-
Nozim Zuhraning boshini asta silab, oʻz koʻz yoshini belbogʻi uchiga artdi. Guldasta
-
U doʻppisining jiyagini qaytarib, shohi belbogʻ bilan bogʻlab olgan edi. K. Yashin, Hamza
2. Umuman belga belbogʻ kabi bogʻlanadigan narsa.
-
[Sharofat:] Eshigimizga uvada toʻn-u chilvir belbogʻ bilan kelgan eding. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Har narsaning oʻrta belidan oʻtgan faraziy chiziq yoki halqa; ekvator.
-
Endi biz Yerning belbogʻidan oʻtdik, Janubiy yarimsharga kirdik. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda
-
Bu yerdan oʻtibdi yerning belbogʻi, Beqasam toʻn demak bu rangin diyor. A. Oripov
4. koʻchma Quvvat, mador, koʻmakdosh.
-
Oshnam — belbogʻim. Qanotli soʻzlar
-
— Nega tashlab ketaman buni, — dedi kampir, kelinning soʻzini rad qilib, — Belimning belbogʻi endi bu. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Men boraman elimga, alla, bolam, Belbogʻlar bergin belimga, alla. Boychechak
belbog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Belbogʻga yolchimaslik
-
Boʻzchi belbogʻga yolchimas, kulol — moʻndiga: eshitganmisan? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Vodoprovod bor-u, boʻzchi belbogʻga yolchimas degandek Qoratepa, Panjikent koʻchalaridagi kranlarda suv yoʻq. Mushtum
Belbogʻ yechilmay
-
Siz tikilgan ish belbogʻ yechilmay bitadi. Hammaga qorongʻi boʻlsa ham, menga ayon. Hamza, Tanlangan asarlar
Belingda belbogʻing bormi?
-
[Xonzoda Gʻofirga:] Belingda belbogʻing bormi? Qanday sharmanda, xudo urgan erkaksan? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Odamlarni hasharga aytib qoʻydim. Belida belbogʻi bori kelaveradi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
BELBOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛБОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belbog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar