belgila
bilan ulashing
1. Belgi qoʻymoq; belgi, alomat qoʻyib, taniqli qilmoq, ajratmoq.
-
Islohotda oʻzimga tekkan yerni belgilab, qoziq qoqqanimda koʻp narsalarni moʻljallab qoʻygan edim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Biror shartli alomat, ishora bilan ifodalamoq.
-
Nomaʼlum sonni x bilan belgilaymiz. Buyruq mazmunini undov belgisi bilan belgilamoq.
3. Biror xususiyati, koʻrinishi va shu kabilarga asosan aniqlamoq, farqlamoq.
-
Qirq yoshlardagi bir kishi kirdi. Qodir bu odamning aftidan kasb-korini belgilay olmadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
4. Oldindan chizib, rejalab, tayin qilib qoʻymoq.
-
-
Hukumatimiz Navroʻz kunini dam olish kuni etib belgiladi. Gazetadan
-
Soat oltiga belgilangan toʻy soat oʻndan oshganda boshlanibdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Yigʻilish juda qisqa boʻlganiga qaramay, odamlar belgilangan vaqtdan ancha erta toʻplandilar. S. Karomatov, Oltin qum
5. Biror maqsad uchun moʻljallamoq, tanlamoq, koʻzlab qoʻymoq.
-
[Hasanali] Minib ketish uchun Qutidorning saman yoʻrgʻasini belgiladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xolida ancha aylanib yurdi. It bogʻlaydigan joyni oʻzi belgiladi. S. Ahmad, Saylanma
6. Ishga, mansabga qoʻymoq, tayinlamoq.
-
Direktor qilib belgiladi.
-
Musulmonqul qoʻy kabi yuvosh Toshkent hokimi Sarimsoqbekni oʻldirib, oʻrniga Azizbekdek zolimni belgiladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Husayn Boyqaro] Jilongʻorga Valibekni, Mirzoyi Kichik ham Islim barlosni sardor belgiladi. Oybek, Navoiy
BELGILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛГИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belgila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar