belgisiz
bilan ulashing
1. Nimaligi, qandayligi aniq ifodalanmagan; belgi qoʻyilmagan, ishorasi yoʻq, taniqli emas.
-
Bu mollar doʻkonga belgisiz keldi. Soʻzlashuvdan
2. Nomaʼlum, tayini yoʻq, tayinsiz.
-
Kelin-kuyov oʻz toʻylaridan benasib boʻlib, belgisiz yoqqa ketib borishar edi. S. Siyoyev, Avaz
-
U bu uyga yana qaytib kelamanmi yo shu ketgancha belgisiz yoʻlda darbadar kezamanmi, degan fikrni boshdan oʻtkazardi. S. Ahmad, Hukm
-
Nogoh entikdi-yu, egildi kamon, Oʻq uchdi belgisiz yoqlarga tomon. A. Oripov
belgisiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Belgisiz qaratqich
BELGISIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛГИСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belgisiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar