belgili
bilan ulashing
1. Nima ekani aniq koʻrinib turgan; belgi qoʻyilgan, belgisi, nishoni bor; taniqli.
-
Belgili joy. Belgili qadam.
-
Otabek kitobni belgili qilib yopdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Unga bir roʻmol oʻrab, belgili qilgan yerim yoʻq edi. Yodgor
2. Maʼlum, aniq; belgilangan, muayyan, tayinli.
-
Belgili tartibda. Belgili vaqtda. Payshanbaning kelishi chorshanbadan belgili. Maqol
-
[Safar choʻtir] Tushning uzuq-yuluq gaplarini bir-biriga ulab, belgili maʼno chiqarishga tirishardi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Otalar uchun bunday gaplar unchalik yomon taʼsir bermasa-da, xotinlarga qanday asar qilishi belgilidir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Mashhur, taniqli.
-
Belgili odamlar.
belgili soʻzi qatnashgan jumlalar:
Belgili qaratqich
-
Bahorda ochilgan bogʻning gulisan. Nurali
BELGILI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛГИЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belgili so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar