belgi
bilan ulashing
1. Tanib olish, koʻrsatish yoki farqlashga xizmat qiluvchi narsa; nishon, alomat; tamgʻa.
-
Yoʻqolgan bolaning belgilari. Fabrika belgisi. Belgi qoʻymoq. Belgi solmoq.
-
Belgi boʻlsa, yoʻldan adashmas, Aql boʻlsa, soʻzdan adashmas. Aql aqldan quvvat oladi
-
Yaxshi xotin belgisi — xirom qilar terini, Yomon xotin belgisi — yerga bukar erini. Maqol
-
Insonlikning eng dastlabki belgisi mehnatsevarlikdir. Gazetadan
2. Biror maʼno, mazmun yoki miqdor ifodalaydigan grafik alomat, ishora.
-
Soʻroq belgisi (tilshunoslik). Tenglik belgisi (matematika). Nota belgilari. Tinish belgilari (tilshunoslik)
-
Kirdi-yu, eshik oldida soʻroq belgisi boʻlib turaverdi. Yoshlik
-
Olisda oq qovurgʻali ulkan kemalar koʻrinadi. Undan beriroqda cheklovchi belgilar — qizil bayroqchalar lipillab turibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
3. Narsa, voqea-hodisalarning oʻziga xos xususiyati, sifati.
-
Buyumlarning sifat va xususiyatlari logikada belgilar deb ataladi. Logika
-
Gapda otning biror belgisini bildirib, “qanday?“, “qanaqa?“, “kimning?“, “nimaning?“, nechanchi? kabi soʻroqlarga javob boʻlib kelgan ikkinchi darajali boʻlak aniqlovchi deb ataladi. Oʻzbek tili darsligi
4. Ichki kechinma, holatdan, kasallikdan dalolat beruvchi tashqi alomat; ramz.
-
Sukut — rozilik belgisi. Maqol.
-
Baxt belgisi — bilim. Maqol
-
Sodda muomala yaqinlik va mehribonlik belgisidir! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
[Gulnorning] Dumaloq qora koʻzlarida yashiringan alam-hasrat belgisini Adolat darrov payqab oldi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Raʼno tabassum bilan javob berdi va unda bir oz qizarinish belgisi bor edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Erining bu jasoratiga qarshi Oftob oyimning yuziga rizosizlik belgisi chiqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kasallikning [tepkining] asosiy belgilaridan biri quloq atrofi va jagʻ suyaklarining ogʻrishidir. Saodat
BELGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belgi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- sushi
- sun’iy intellekt agenti (AI Agent)
- geortonim
- model distillyatsiyasi
- oversayz
- nozik sozlash (fine-tuning)