garov
bilan ulashing
1. Vaʼdaning bajarilishiga ishontirish uchun qoldiriladigan omonat narsa.
-
— Xoʻp, men garovga pul berib ketay, — dedi Yoʻlchi Qora Ahmadga. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Men ogʻaynilarni koʻzlarim ustida tutaman, ularni muhtojlik chogʻlarida koʻrsam, oʻzimni garov qoʻyib boʻlsa ham, ehtiyojdan chiqarishga tirishaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Bajarilishini, amalga oshuvini taʼminlovchi narsa, asos.
-
Kuzgi shudgor — moʻl hosil garovi.
-
Doʻstligimiz hozirgi zafarlarimizning poydevori, porloq istiqbolimizning garovi, boqiy umrimizning timsolidir. Gazetadan
-
Rais yem-xashak hozirlash chorvachilikni rivojlantirishning asosiy garovi ekani toʻgʻrisida katta nutq soʻzladi. S. Anorboyev, Oqsoy
garov soʻzi qatnashgan jumlalar:
GAROV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАРОВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
garov so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar