belan
bilan ulashing
1. Belamoq I feʼlining majhul nisbati.
-
Noiloj bola yana beshikka belandi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil
-
Bola onasiga koʻzi tushishi bilan, belangan oyoq-qoʻlini pitirlatgancha boʻshatishga urindi. Yoshlik
2. Belamoq IIfeʼlining majhul nisbati.
-
Qonga belanmoq. Loyga belanmoq. Changga belanmoq. Moyga belanmoq.
-
Chol qora qonga belanib, yerga chalpak boʻlib tushdi. K. Yashin, Hamza
-
Endi u changga belanib, tuproqqa botib yurgan goʻdak emasdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Balchiqqa belangan qoʻllarida bir dasta boychechak silkinib-silkinib kelar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma Qoplanmoq, chulgʻanmoq, toʻlmoq.
-
Katta binolar peshtoqida son-sanoqsiz lampochkalar marjoni porladi, archalar nurga belandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Osmon samoviy nurlarga belanib, muzayyan boʻldi. Sharq yulduzi
4. Kiyinmoq; oʻranmoq, koʻmilmoq.
-
Muqarriblar kimxoblarga, xitoyi shohilarga belanib kirishdi. Oybek, Navoiy
-
Oqqa muncha belanibdi u odam? H. Olimjon
BELAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar