belanchak
bilan ulashing
1. Chaqaloqlarni yotqizib ovutiladigan yoki uxlatiladigan, argʻimchoqdek yoki beshikdek tebratiladigan moslama.
-
Oyim esa belanchakka ulangan ipni har zamon-har zamon silkib-silkib qoʻyadi. M. Xidir, Qirgʻoqlar
-
Chetan devor ortidagi qoʻrgʻoncha ayvonida yoshgina juvon belanchak tebratib, qoʻshiq aytardi. S. Ahmad, Hukm
2. koʻchma Dunyoga kelish uchun sabab boʻluvchi, voyaga, kamolga yetkazuvchi; allalovchi narsa haqida.
-
Baxt belanchagi. Zamin belanchagi.
-
Ketmasin boshimizdan aslo baxt belanchagi. A. Oripov
-
Senga alla aytdi keksa samovot, Egilib zaminning belanchagiga. E. Vohidov
-
Haligina shirin uyquning belanchagida allalanilayotgan jangchilar duv koʻtarildi, goʻyo sokin oʻrmonda nogahon oʻq uzildi. Shuhrat, Shinelli yillar
BELANCHAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕЛАНЧАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
belanchak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar