bahamjihat
bilan ulashing
1. ravish Bir tan, bir jon boʻlib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik, ahillik bilan.
-
Turkiston shahridagi koʻp doʻkondorlar toshkentliklar boʻlib, ular Anorboy degan katta bir boyning qoʻrasini ijaraga olib, shu yerda bahamjihat turishar ekan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
oila hamda keng jamoatchilik bahamjihat ish olib borsagina, koʻzlangan maqsadga erishish mumkin. Gazetadan
-
Xorazm elchisi Mahmud Janda Oʻzgan shahriga behisob sovgʻa-salomlar bilan borib, bahamjihat boʻlmoqqa daʼvat etibdur. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. kesim vzf. Inoq, totuv.
-
Kelinlarim juda chiqishoq, har ishda bahamjihat. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Tan ittifoqda, bahamjihat boʻlishda, ukam. Oraga fitna solish yomon narsa. Oybek, Tanlangan asarlar
BAHAMJIHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲАМЖИҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahamjihat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHAMJIHAT so‘ziga berilgan ma’nolar
bahamjihat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar