bahaybat
bilan ulashing
1. Hajm-oʻlchovi odatdagidan ortiq; juda katta, juda ulkan, haybatli.
-
Bahaybat minora. Bahaybat togʻ.
-
Asriy qorlardan boshiga salla oʻragan bahaybat qoyalar shahar tegrasida viqor bilan turgancha qotib qolgan. K. Yashin, Hamza
-
Bahaybat oʻrik ostidagi karavotda ellik yoshlar chamasidagi bir ayol oʻtirardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bahaybat parmalovchi mashinalar qishloq biqinida quduq qaziyotir. Yoshlik
2. Koʻrinishi vahimaga soladigan, qoʻrqinch hissini tugʻdiradigan; vahimali, dahshatli.
-
Lochin deganda, koʻz oldimizda bahaybat yirtqich qush paydo boʻladi. Fan va turmush
-
Ikki-uch yuz qadam naridagi yakka-yolgʻiz daraxtlar va pastqam uylarning qamish va yogʻoch boʻgʻotlari tuman ichida, oqshom mahaldagi koʻlankaday, bahaybat koʻrinardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Oʻtovday shoʻppaygan ulkan toshlar ortida qandaydir bahaybat maxluq poylab turganday. J. Abdullaxonov, Oriyat
BAHAYBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲАЙБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahaybat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHAYBAT so‘ziga berilgan ma’nolar
bahaybat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar