bahodir
bilan ulashing
1. folk. Jismonan qudratli, pahlavon; devqomat.
-
Rustam baland boʻyli, keng yelkali, bahodir yigit boʻlib yetishibdi. Ertaklar
-
Bahodirlar bu maydonda Turish bermoqqa havasda. Gulshanbogʻ
2. Hech narsadan hayiqmaydigan, dovyurak, botir; himmatli.
-
Vatanparvar, jangovar boʻl, hushyor boʻl, Bahodir boʻl, xalqing bilan hamkor boʻl. Habibiy
-
Hosil jonkuyarlari va yaylov bahodirlari safida koʻplab mardi-maydonlar bor. Gazetadan
3. koʻchma Qudratli, ulkan, azamat.
-
Bu yaltiroq koʻzli, qop-qora uzun gavdali, poʻlat bahodir (poyezd) oʻz bagʻrida butun bir hayot olib kelmoqda. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Bahodir (erkaklar ismi).
BAHODIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲОДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BAHODIR so‘ziga berilgan ma’nolar
bahodir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
bahodir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar