bahola
bilan ulashing
1. Narx qoʻymoq, pulga chaqmoq.
-
Dadasi qazo qilganda, Maxsumning otasidan qarz koʻtarib koʻmibdi. Echkisini, yerini baholab, qarziga oʻtkazibdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Narsa, hodisa yoki harakatga baho bermoq, uning ahamiyati, qadr-qimmati haqida fikr bildirmoq.
-
Qilmagan xizmatimni shunday yuksak baholadingiz. Shuhrat, Shinelli yillar
-
oʻzini bilgan odam bu gunohni katta jinoyat deb baholaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ilmiy kengash kashfiyotimni koʻrib chiqib, yaxshi baholadi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
bahola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baholab olmoq
-
U [Yoʻlchi] choyxonada uyi shu tomonda boʻlgan va ilgari tanish bir odam bilan uchrashib, unga oʻn ming xom gʻisht quyib berishni baholab oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
BAHOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHOLA so‘ziga berilgan ma’nolar
bahola so‘ziga yangi izoh qo‘shing