bahona
bilan ulashing
1. Biror harakat yoki niyatni amalga oshirish yoki oshirmaslik uchun oʻylab topilgan soxta, asossiz sabab; vaj, dastak, roʻkach.
-
Bahona qilmoq.
-
Gulnor Yoʻlchiga soʻzlashga botinmas, soʻzlashuv uchun biron bahona, sabab qidirishga tirishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Men unga roʻyxush bermay yurdim. Shunday boʻlsa ham, hali uni bahona qilib, hali buni bahona qilib kirib yurdi. A. Qahhor, Xotinlar
2. Boshlangʻich sabab, bois.◆
-
[Boy Gʻofirga:] Toʻy bahonasida mendan senga oʻtib qolgan arzimagan narsalar bor, shularni pulga chaqib, orani ochiq qilib qoʻysak, degan edim. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
[Fotimaning] Amakisi qizga kiyim-kechak bahonasi bilan uning otasidan qolgan bor bisotini sotdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kengashboyning suhbati bahona boʻldi-yu, Ubay oʻylanib qoldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
bahona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bola bahona — diydor gʻanimat
-
Bola bahona, diydor gʻanimat, deb ular oldiniga yigitlar bilan yonma-yon oʻtirishga oʻrganishadi. Hamza
-
Ha yoqmay ketsin-a, gʻoʻza bahona-yu, allakimlarning dardi gʻanimat ekan-da, Yulduzxon? R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Gulni bahona qilib, yor koʻrgani kelganmiz. Qoʻshiqlar
BAHONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHONA so‘ziga berilgan ma’nolar
bahona so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar