bahr
bilan ulashing
1. Dengiz; okean.
-
Bepoyon olam, bahri muhitlar, oʻzi koʻrmagan mahobatli togʻlar, dunyo mamlakatlari, nomaʼlum qitʼalar. S. Siyoyev, Avaz
-
Bir yoningda esa Sevanday bahr, Misoli bulutlar ichida qamar. A. Oripov
2. koʻchma Olam, dunyo; boylik.
-
Terdi sanʼat bahrining qimmatbaho injusidan. Habibiy
3. koʻchma Tugʻyon, toʻfon.
-
Buloqlarda qaynadi gʻazabning bahri, Qotillarni sovurdi oʻlkaning qahri. M. Shayxzoda, Chorak asr devoni
4. koʻchma Mehr; ishq-muhabbat domi.
-
Yigitlar taltayar qizlar bahriga. Gulnorpari
-
Bulbul sayrar toza gulning bahriga. Oysuluv
-
Men tushuvdim Nigoroyning bahriga, Shuning-chun boruvdim siz xon shahriga. Nigor va Zamon
BAHR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bahr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar