rosa
bilan ulashing
1. Bekam-u koʻst, toʻliq, toʻla.
-
Zarhal koʻrinar soxta, Rosa bilib, soʻng maqta. Maqol
-
Jangchilar koʻzlarini rosa ochmasdan, miltiqlariga yopishdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Tugal, toʻla, toʻliq; toʻppa-toʻgʻri.
-
Olaxoʻjaboyning hovlisiga qadam bosmaganimga rosa yigirma yil boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Dilbar:] Uygʻotaymikan? Yoʻq, picha uxlab orom olsin, rosa bir oy boʻldiki, ot ustidan tushmaydi. K. Yashin, Pyesalar
3. Nihoyat darajada, nihoyatda, juda.
-
Rosa charchadim.
4. Toʻyguncha, miriqib.
-
Rosa oʻynadik.
-
Mavlon mingboshi tasodifan loyga sirgʻanib yiqildi. Kishilar rosa kulishdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
ROSA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ROSA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ROSA so‘ziga berilgan ma’nolar
rosa so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
rosa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar